Farzandingizni televizor va kompyuter xavfidan saqlang!

bola va televizorOlimlarning fikriga qaraganda oxirgi paytlarda ijtimoiy muammoli bolalar bilan bog’liq muammolarning tez-tez uchrab turishi va ular sonining keskin oshganligi ta’kidlanadi. Shuningdek, bu muammoni bir qancha tashqi sabablarga bog’lash mumkin, ya’ni, hozirgi vaqtda axborot oqimining yuqoriligi (uzluksiz televizor ko’rish, kompyuterdagi har xil o’yinlar epizodlariga taqlid qilish, Internet tizimidagi norasmiy saytlar orqali har xil nomaqbul axborotlarni o’zlashtirishi) yoki kattalarning e’tiboridan chetda bo’lishi, oiladagi krizis va hokazolar. Bu omillarni inkor etmagan holda, mazkur muammoning tub sabablarini bolaning psixik taraqqiyotidan qidirish lozim. Batafsil

0

Diqqat nima?

Ish davomida birinchi o’rinda pedagogda uchraydigan qiyinchilik bu tarbiyalanuvchilarning diqqatini boshqara olishni yo’lga qo’yishdir. Tarbiyachi va pedagoglarning fikricha, bolalarning e’tiborsizligi ularning tartibsizligi va tarbiyasizligi bilan bog’liq. Psixologik tahlil bo’yicha gap e’tiborsizlikda emas, balki bolaning o’zi bajarayotgan faoliyatga qanday kirishganligiga bog’liq. Batafsil

0

Tarbiyada oilaviy muhitning o’rni qanday?

Bolajon xalqmiz. Topgan-tutganimizni farzandlarimizdan ayamaymiz. Ularning sog’lom, ma’naviyatli, oqil va dono bo’lib ulg’ayishi, jamiyatga naf keltiradigan insonlar bo’lishi uchun yelib-yuguramiz. Bu xalqimizga xos fazilatdir.

Farzandga g’amxo’rlik qilish, uning hyech kimdan kam bo’lmay ulg’ayishi uchun harakat qilishning nimasi yomon. To’g’riku-ya, ammo ba’zi oilalarda bu g’am-xo’rlik biryoqlama, ya’ni faqat moddiy ta’minotiga ko’proq e’tibor qaratilishi bilan namoyon bo’lmokda. Eng yomoni esa, ayrim ota-onalar oiladagi to’kislik, ta’minot a’lo darajada ekanidan xotirjam yurishadi, bolamning usti but, qorni to’q, ta’minoti risoladagidek deb, tarbiyaning ma’naviy jihatlariga e’tibor qaratmaydilar. Vaholanki, bola tarbiyasida oiladagi ma’naviy muhitning o’rni ko’proq ahamiyat kasb etadi. Buni dars jarayonida juda ko’p kuzatganman. Batafsil

0

Maktab o’quvchisiga uyali telefon kerakmi?

Hech kim farzandiga yomonlik istamaydi. Ammo, ba’zan ularga qilayotgan mehribonligimiz, g’amxo’rligimiz panasida bilib-bilmay yomonlik qilib qo’yaayotgan bo’lsak-chi? Xususan, so’nggi o’n yillikda hayotimizning ajralmas bo’lagiga aylanib ulgurgan mobil telefonlar bolalarimiz uchun ham begona emas. Hattoki, ular mobil telefonlarning imkoniyatlarini o’zlashtirishda kattalardan ko’ra ilg’or. Ammo, tanganing ikkinchi tomoni bor-ki, bu haqida dunyo mutaxassislari bong urishni boshlagani allaqachonlar edi. Ya’ni, uyali telefonning bolalar salomatligiga tahdidi bugunga kelib kun tartibidagi dolzarb masalalardan biriga aylanadi. Shunday ekan savol tug’iladi, “sotka” maktab o’quvchilariga va bolalarga qanchalik zarur?

Batafsil

0

Bolaning asabiy bo’lishiga sabab

Angliya va Koreya tadqiqotchilarining fikricha, bolaning asabiy va agressiv bo’lishi bilan kompyuter o’yinlarini o’ynash orasida uzviy bog’liqlik bor ekan.

Tadqiqotlar shuni aniqladiki, kompyuter o’yinlarini o’ynayotgan bolaning yaxshi rivojlanmagan psixikasi juda katta zarar ko’rar ekan. O’yinlarda qiyinchiliklardan o’tish shartlari bo’lsa, bu bolada agressiyani rivojlantirar ekan. Hatto oddiy TETRIS o’yinida ham bir pog’onadan ikkinchi pog’onaga o’tish shartlari mavjud bo’lib, bolani asabiy qilishi aniqlandi. Bazi ota-onalar kompyuter o’yinlari orqali bola rivojlanadi deb, unga maxsus o’yinlar ham olib beradilar. Afsus bu noto’g’ri yondashuv. Bolaning rivojlanishi uchun 5 hissiyot jalb etilishi kerak. Ko’rish, tegish, hidlash, eshitish va ta’tib ko’rish. Kompyuter o’yin o’ynash davomida bu hissiyotlardan birontasi ham jalb etilmaydi. Hatto ko’rish ham bu yerda passiv jalb etilgan, ko’rish davomida bola bir narsani ko’rib turib o’rganmay, o’yin davomida surat almashinuvini idrok etadi xolos. Batafsil

0

Farzandingizning ko’zlarini asrang!

Bolalikdan ko’zni asrash muhim ahamiyat kasb etadi. Bolaning ko’zlarini asrlash va himoya qilish haqidagi savollarga “SAIF-Optima”  ko’z shifoxonasi shifokori-okulist Samandarova Nilufar batafsil javob beradilar. Maqola so’ngida ko’zlarimiz uchun foydali mashqlar va videoni yuklashingiz mumkin.

  1. Bolaning ko’rish qobiliyati necha yoshdan 100% bo’ladi?

Bazi malumotlarga ko’ra 6-7 yoshda bo’lsa, bazi tadqiqodlarga ko’rsa 10-11 yoshda ko’rish qobiliyati 100% bo’lishi takidlanadi. Batafsil

0