Sayt xaritasi

Marhamat, saytdagi barcha ma’lumotlar siz uchun. Agar siz meni kimligim va qayerda ishlashim bilan qiziqayotgan bo’lsangiz Portfolio bo’limini ko’rishingiz mumkin.

Portfolio bo’limiga kelsak, u bo’limda CV, men yozgan va tarjima qilgan maqolalarni kuzatib borishingiz mumkin. Yana bu bo’limda men yaratgan loyihalar bilan tanishishingiz mumkin. Dars ishlanmalarim 6, 7 – sinflar uchun mo’ljallangandir, sababi men bu yil shu sinflarga dars berayapman. foto jamlanma va sertifikatlarim shu bo’limda bor. Mazkur bo’limdagi barcha ma’lumotlar muallifga tegishlidir. Iltimos, ulardan foydalanayotganingizda mualliflik huquqini buzmaslikka harakat qiling.

Kamina o’qituvchilikdan tashqari trenerlik bilan ham shug’ullanaman. Trenerlar uchun ham saytimda ma’lumotlar (trening va motivatsion videolar) yetarli. Yana trenerlar uchun tarqatma materiallar va qo’llanmalar bor.

Saytimga tashrif buyurgan ko’pchilik mehmonlar o’zimga o’xshagan o’qituvchilardir. Shuning uchun ularga alohida bo’lim ochib , qulaylik tug’dirish maqsadida me’yoriy hujjatlar, metodika, foydali kitoblar, ingliz tili va boshqa fanlardan dars ishlanmalarini taqdim qildim. Yana bu bo’limda test banki va yillik ish rejalarni olishingiz mumkin. Agar xorijga ketishni niyat qilgan o’qituvchilar bo’lsa, ular uchun grantlar sahifasi ochilgan.
Hurmatli ota – onalar. Siz azizlar uchun ham kamina kerakli ma’lumotlar to’plashga harakat qildim. Agar siz men dars berayotgan o’quvchining ota-onasi bo’lsangiz, unda o’quvchilar bahosi bo’limiga kirib sinflardan birini tanlab, farzandingizning choraklik, monitoring va kunlik baholarini kuzatib borishingiz mumkin. Ota – ona sifatida qo’llanma va tavsiyalarni qidirib kelgan bo’lsangiz, marhamat, ularni o’qib chiqishingiz mumkin. Yana Psixologik testlar sahifasi ham sizga muntazir.

Aziz va qadrdon o’quvchilarim. Bilaman, siz meni hurmat qilasiz va saytimga turli maqsadlarda tashrif buyurasiz. O’quvchilar bo’limiga kiriboq men dars berayotgan fan Ingliz tili ni o’rganishni davom ettirishingiz va hikoya va ertaklarni o’qib bilimingizni mustahkamlashingiz mumkin. Yana o’zingiz va sinfdoshingiz yaratgan loyihalarni kuzatib borishingiz mumkin. Aytgandek, savol – javob sahifasida o’rgangan bilimingizni tekshirib ko’rishingiz mumkin. Va yana har oyda 2-3 marta nashr qilinadigan maktabimiz xabarnomasini ham shu yerda o’qib borishingiz mumkin.
Demak, kaminaning onlayn blogi shu bo’lim va sahifalardan iboratdir. Umid qilamanki, aziz mehmonim, Sizga mening saytim manzur bo’ladi va Siz o’zingiz uchun kerakli ma’lumotga ega bo’lasiz. Saytimning Mehmonxona sahifasida o’z fikr va mulohazalaringiz bilan bo’lishsangiz, boshim osmonga yetadi.

(Visited 300 times, 1 visits today)
0