O’qituvchi vaqtini qog’oz ustida o’tkazishi to’g’rimi?

Ha, ha, aynan mana shu mavzu haqida bugun so’z ochmoqchiman. Axir mazkur holat ko’pgina o’qituvchilarni qiynab kelmoqda. Dunyoning ko’pgina rivojlangan yoki rivojlanayotgan davlatlarida «qog’ozbozlik» usulidan voz kechilib bu usulni yanada vaqtni va qog’ozni tejaydigan texnologiyalar orqali hal qilib kelishayotgani hech kimga sir emas. Umid qilamanki, yaqin kunlarda bizning ta’lim tizimimizda ham bu sohada o’zgarishlar bo’ladi va o’qituvchilar o’z vaqtlarini ko’proq «nazariylik»ka emas, balki «amaliy» likka ishlatishadi. Axir, shuncha vaqt qog’oz ustida o’tkazgandan ko’ra, o’quvchilar uchun yangicha metodik usullarni ishlab chiqqani ma’qul emasmi? Yoki o’quvchilar bilan darsdan keyin ko’proq ishlatgani ma’qul emasmi?

Bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlardan birida bir o’qituvchining qisqagina maqolasini o’qib chiqqandim. Mazkur maqola aynan o’qituvchilarning vaqtini olib qo’yayotgan «xujjatchilik» haqida yozilgan ekan. Marhamat, sizga shu maqolani taqdim qilmoqchiman aziz hamkasblar.

O‘qituvchi mahorati o‘sishining eng muhim sharti VAQTdir – o‘qituvchining bo‘sh vaqti! O‘qituvchida bo‘sh vaqt qancha kam bo‘lsa, u shuncha ruhan sinadi. U qanchalik hujjatbozlik, majlisbozlik, qog‘ozdagi ish rejalari-yu, hisobotlar bilan band bo‘lsa, o‘quvchi-talaba uchun beradigan hech narsasi qolmaydi tobora! VAQT – bu o‘qituvchining eng katta ruhiy boyligidir! Pedagogik ijodkorlik va faoliyat – mashaqqatli mehnat. U katta quvvat va kuchni talab qiladi. Agar quvvat tiklanmaydigan bo‘lsa, o‘qituvchi taslim bo‘lib  sinadi va qaytib o‘ziga kelmaydi!

V. A. Suxomlinskiy

Yuqoridagi oltinga teng gaplarga shaxsiy fikrlarim bilan qo‘shimcha qilsam. O‘zim ingliz tili bo‘yicha pedagog bo‘lganim uchun yuqoridagi iqtibos naqadar haqiqat ekanini chuqur his qilaman. Men uchun kunlab vaqtimni allaqanday o‘qituvchiga ham, o‘quvchiga ham, ta’lim tizimi uchun ham MUTLAQO FOYDASIZ bo‘lgan pedagogik yuklama bo‘yicha hujjatlar tayyorlashdan ko‘ra ingliz tilidagi biror kinoni tomosha qilganim yoki ingliz tilidagi biror badiiy adabiyotni o‘qib chiqqanim yoki  hech bo‘lmaganda, internetga kirib ingliz tilida biror latifa o‘qib o‘tirganim afzal! Mana shundan ham o‘qituvchi, ham o‘quvchi, ham ta’lim tizimi yutadi. Har kuni kechgacha 4 para dars berib toliqqan o‘qituvchi, endi hujjat qilish bilan  kunini davom ettiradi. Natijada ertasiga o‘qituvchida o‘quvchi uchun beradigan hech narsasi qolmaydi. Komissiya kelsa ham birinchi o‘rinda HUJJAT GAPIRADI! SHu sababdan endi o‘qituvchi darsni ikkinchi o‘ringa qo‘ya boshlaydi. Dars boshlangach xayoli darsda emas, komissiya ko‘rishi mumkin bo‘lgan hujjatni qanday qilib tezroq va xatosiz to‘ldirishda bo‘ladi.

O‘qituvchi o‘z ustida ishlashi uchun, mustaqil VATANIMIZ ertasi va rivojlanishiga yetuk kadrlarni tayyorlab berishi uchun QOG‘OZBOZLIKni kamaytirish kerak. O‘qituvchining mehnatini qog‘oz emas, o‘quvchi va talabalarning bilimi belgilab bersin!

Muallif: Abdulaziz Saidalikhanov

 

(Visited 54 times, 2 visits today)
5+

2 comments

  • Салом Насимжон «Укитувчи вактини когоз утказиши тугрими?» маколангизни укидим Биз укитувчиларни анчадан бери кийнаб келаётган масала тугрисида экан шу моколани узимнинг сайтимга жойлаштиришга рухсат беринг укиб хулоса килишсин

    0
    • Nasim Sadikov

      Assalomu alaykum Nargiza opa. Marhamat, bemalol olib o’z saytingizda joylashtirishingiz mumkin. Faqat sayt manzilini ko’rsatishni unutmang.

      1+

Leave a Reply