Onani hurmat qilish kerakligi o’rgatildi

Buni qarang, Indoneziyada maktab o’quvchilariga onani hurmat qilish kerakligi o’rgatildi. Bu haqida kamina bilgandan so’ng juda ta’sirlandim. Aziz o’quvchim, siz ham onangizga shuncha hurmat ko’rsata olasizmi? Qiblagohingiz hisoblangan onajoningizni shuncha e’zozlay olasizmi?

Rosti, o’qituvchi sifatida men bunday holatni bizning o’quvchilarimizga ham qo’llasak juda ibratli ish bo’lishi haqida o’ylab qoldim. Keling, bu o’quvchilardan ibrat olaylik.

 

4+

O’qituvchi vaqtini qog’oz ustida o’tkazishi to’g’rimi?

Ha, ha, aynan mana shu mavzu haqida bugun so’z ochmoqchiman. Axir mazkur holat ko’pgina o’qituvchilarni qiynab kelmoqda. Dunyoning ko’pgina rivojlangan yoki rivojlanayotgan davlatlarida «qog’ozbozlik» usulidan voz kechilib bu usulni yanada vaqtni va qog’ozni tejaydigan texnologiyalar orqali hal qilib kelishayotgani hech kimga sir emas. Umid qilamanki, yaqin kunlarda bizning ta’lim tizimimizda ham bu sohada o’zgarishlar bo’ladi va o’qituvchilar o’z vaqtlarini ko’proq «nazariylik»ka emas, balki «amaliy» likka ishlatishadi. Axir, shuncha vaqt qog’oz ustida o’tkazgandan ko’ra, o’quvchilar uchun yangicha metodik usullarni ishlab chiqqani ma’qul emasmi? Yoki o’quvchilar bilan darsdan keyin ko’proq ishlatgani ma’qul emasmi? Batafsil

5+