Mustaqillik darslari uchun slaydlar va videolar

12Hurmatli hamkasblar, ko’pchiligimiz hozirgi kunda «Mustaqillik darslari»ni o’tish uchun internetdan ma’lumot qidirmoqdamiz. Namanganlik hamkasbimiz Nargiz Sabirova kechagina menga quyidagi ma’lumotlarni berdilar. Sizlar bilan bu ma’lumotlarni bo’lishmoqchiman. Mazkur ma’lumotlarni sizga «Mustaqillik darslari» ni o’tishlaringizda samarasi bo’ladi degan umiddaman.
Batafsil

1+

Boshlang’ich sinflarda mustaqillik darsi

12

Darsning maqsadi:

A) ta’limiy: o’quvchilar ongini Davlat ramzlari haqidagi tushunchalar bilan boyitish, voqea-hodisalarga munosabatni shakllantirishda ushbu ramzlarning o’rni va ahamiyatini anglatish;

B) tarbiyaviy: davlatimiz ramzlariga hurmat hissini, shu orqali Vatanga muhabbat tuyg’usini uyg’otish;

V) rivojlantiruvchi: egallangan bilim va ko’nikmalarni rivojlantirish, o’quvchilar nutqini o’stirish.
Batafsil

0

O’qituvchi birovning ustidan kulish nimaga olib kelishini bolalarga tushuntirishning ajoyib yo‘lini topdi

apple2Bugun men darslarga ikkita chiroyli qizil olma bilan keldim. Bolalar buni ko‘rishmadi, olmalardan birini qayta-qayta polga otdim, ko‘rinishidan ikkala olma ham bir xil edi. 

Men polga tashlangan olmani qo‘limga olib, uning naqadar xunukligi – qiyshiqligi, rangining sovuqligi haqida gapira boshladim. Keyin bolalardan menga qo‘shilib, olmani yomonlashni so‘radim. Uni har nima deb haqorat qildik: «Sassiq olma», «Seni kim ham yegisi kelardi» va h.k.  Batafsil

0

Ingliz tili fanidan uzviylashtirilgan o‘quv reja va dastur

metodics1Ixtisoslashtirilgan maktab, maktab-internat hamda ayrim  fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflar uchun

Ushbu oq‘uv reja O‘zbekiston Respublikasining «Ta`lim to‘g‘risidagi» qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablarini va  Vazirlar Mahkamasining1998 yil 13-maydagi «O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta`limni tashkil etish  to‘g‘risida»gi 203-sonli, 1999-yil 16-avgustdagi «Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 390-sonli, 2003-yil 29-oktabrdagi »Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta`limiga  izchil o‘tishni ta`minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 473-sonli, 2004-yil 24-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test Markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 293-sonli, 2004-yil 9-iyuldagi «2004-2009-yillarda  Maktab ta`limini rivojlantirish Davlat Umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 321-sonli, 2008 yil 7-avgustdagi «Ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan  davlat ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish  to‘g‘risida»gi  173-sonli qarorlari hamda Sоg‘liqni sаqlаsh vаzirligi tоmоnidаn tаsdiqlаngаn “Sаnitаriya qоidаlаri vа me’yorlаri” аsоsidа tuzilgаn. Batafsil

0

«Bilaman. Bilib oldim. Bilishni xohlayman»

metodika«Bilaman. Bilib oldim. Bilishni xohlayman», qisqagina BBB — interaktiv uslub bo‘lib, yangi bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun ta’limda qo‘llaniladi. Birinchi bo‘lib ushbu uslub 1986-yilda, chikagolik professor Donna Ogl taqdimotida ishlatilgan. Keyinroq ushbu uslub ta’limda faol ishlatila boshlandi.

Sinf o‘quvchilari beshta guruhga bo‘linadi va guruhlar nomlanadi. YOzuv taxtasi uch qismga ajratiladi. Birinchi bandning yuqori qismiga «Bilaman», ikkinchi bandning yuqori qismiga «Bilib oldim», uchinchi bandning yuqori qismiga esa «Bilishni xohlayman» degan so‘zlar yoziladi. So‘ngra o‘qituvchi o‘quvchilardan mavzu yuqasidan qanday ma’lumotlarga ega ekanliklarini so‘raydi va bildirilgan fikrlarni «Bilaman» nomli bandga yozib qo‘yadi.      Ushbu harakat guruhlar tomonidan fikrlar to‘la bayon etilgunga qadar davom etadi. Mazkur jarayonda guruhlaming barcha a’zolari faol ishtirok etishlariga ahamiyat berish zarur. O‘quvchilar tomonidan bildirilayotgan noto‘g‘ri fikrlar ham inkor etilmasligi zarur (zero bunday harakat o‘quvchilarning faolligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi). Batafsil

1+

Classroom Atmosphere

For many of our students, the classroom is the focal point of their English exposure. It is the base of where, when, why and how they speak English. The physical appearance of the classroom in itself is very important. And because of its importance, I am often amazed at how many English classrooms in Japan lack stimulating visual English materials. From a Westerner’s viewpoint, most schools here appear plain and gray; English classrooms looks too Japanese. And since they look so Japanese, it seems only natural that students speak Japanese in such an environment. Batafsil

0

Mashhur pedagog Ron Klark o‘quvchilari uchun ishlab chiqqan qoidalar

Ron ClarkRon Klark AQShdagi mahalliy maktablardan birida o‘zlashtirishi qoloq bo‘lgan sinfni qabul qilib oladi hamda mashaqqatli mehnat evaziga yakunda o‘sha sinfdagi o‘quvchilar bilan ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishadi. U bugungi kunda «Ron Klark akademiyasi”ga asos solgan. Ushbu akademiya talabalari noodatiy, lekin zamonaviy o‘quv rejalari asosida dars o‘tishadi.

Batafsil

2+
1 2 3 4 5 6