Otajon, menga 10 dollar berib turing…

otavabolaHurmatli otalar. Ba’zida turmush tashvishlari bilan bo’lib, farzandimiz tarbiyasini ayolimizga tashlab qo’yamiz. Shu to’g’rimikin? Albatta, ota sifatida men ham bu ishni yoqlamayman.

Bugun sizlar bilan ajoyib bir hikoyani bo’lishmoqchiman. Farzandimizga vaqt ajratishimiz bizning burchimizdir va buni esimizdan chiqarmaylik aziz dadalar. Marhamat, quyidagi hikoyani o’qib, kerakli saboqni uqib olaylik. Batafsil

6+

Hukmdorning qaltis rejasi

ozgarib-ketdiYaqindagina Facebook ijtimoiy tarmog’ida bir qiziq hikoyani o’qib qoldim. O’qib juda ta’sirlandim. Ayni bizning kunimiz bilan solishtirib ko’rsak, biz ota – ona sifatida qanchalik o’zgarib ketganimizni anglaymiz. Eh qani edi, Murotga sultondek otalar ko’p bo’lsa. Marhamat, maqolani o’qishingizni maslahat beraman, aziz ota va onalar!

Fotih Sulton Mehmet bolaligida juda yaramas, to‘polonchi bir o‘quvchi edi. Dars vaqtida qilgan to‘polonlari bilan ustozi Oqshamsiddinni jahlini chiqarar edi. Ustozi unga tanbeh bersa, darhol: «Men podshohning o‘g‘liman, hech narsa qilolmaysan», deyishdan ham toymasdi. Batafsil

5+

Farzand tarbiyasidagi otaning o‘rni haqida 7 fakt (har bir ota bilishi kerak)

Aziz otalar. Farzand tarbiyasida oilada ota va onaning roli haqida saytimda keng yoritib borishga harakat qilaman. Maqsadim, maktabda bo’lib o’tadigan ota – onalar majlisiga faqat onalarni emas, balki otalarni ham jalb qilish. Bugungi maqolada farzand tarbiyasidagi otaning o’rni haqida keng tushuncha beriladi. Marhamat, o’qing, fikringizni bildiring va farzandingiz tarbiyasiga befarq bo’lmang. Batafsil

2+

Mulohaza uchun: maktabda ota-onalar majlisi Unda nima masala ko‘riladi?

ota-onalarMaktab direktori o‘rinbosari ishtirokida o‘tayotgan majlisda sinf rahbari keyingi masala – navbatdagi mavsum uchun obuna uyushtirish, maktab formasi, sinf ta’miri, o‘quv yilidagi tadbirlar va boshqa tashkiliy masalalar to‘g‘risida yig‘ilganlarning fikrlarini so‘radi.
 Bu voqeaga 5-6 yil bo‘ldi. Qo‘shnilarimizdan biri salom-alikdan so‘ng «Ota-onalar majlisi ekan, maktabga shoshyapman», dedi hovliqib.
– Yangamni yubormaysizmi, sizga zarilmi, baribir pul so‘rashadi, – dedi mahalladoshlardan biri.
– E qo‘shni, nimalar deyapsiz. Axir o‘g‘lim ham qizim ham shu maktabda o‘qisa, ularning qanday o‘qiyotganidan xabardor bo‘lishim kerak-ku. O‘tgan gal onasi borgandi… Batafsil

0

Farzandingizni qo’lidan tuting aziz ota – onalar!

maqola[1]O’qituvchi sifatida o’quvchim va uning ota – onasi o’rtasidagi noxush holatlarga guvoh bo’lganman. Ba’zida, ota – onalar o’z farzandlaridan yaxshi yoki a’lo o’qishni talab qilib, haddilaridan oshib ketadilar. Har qanday holatda ham biz farzandimizning avvalo ruhiy holatiga, xohish – istaklari bilan qiziqishimiz lozim.

Ba’zida farzandingiz qaysidir fandan «2» baho olib kelsa, uni koyiysiz. Shunday otalar borki ular jismoniy jazo qo’llashga harakat qiladilar. Afsuski, ota – onalarning bu «metodlari» ko’p hollarda o’quvchini o’sha fandan faqatgina yaxshi baho olishga harakat qilishga undaydi. Bu holda o’quvchi fanni o’zlashtirishga harakat qilmay, har qanday yo’l bilan bo’lsada yaxshi baho olishga harakat qiladi. Bolani jazolash bilan yaxshi natijaga erishishimiz kam hollarda natija berishi mumkin. Aksincha, buning o’rniga «2» olib ruhiy iztirobdagi farzandimizga ruhiy madadkor bo’laylik va uni kelgusi harakatlarida yaxshi natija ko’rsatishiga ishonch bildirilsa, balki jismoniy jazodan ko’ra ko’proq natijaga erishishimiz mumkin.

Bu holatga nima deysiz ota – onalar? Quyidagi video rolikni ko’rishni barchalaringizga tavsiya qilaman.

Batafsil

2+

O’qituvchi birovning ustidan kulish nimaga olib kelishini bolalarga tushuntirishning ajoyib yo‘lini topdi

apple2Bugun men darslarga ikkita chiroyli qizil olma bilan keldim. Bolalar buni ko‘rishmadi, olmalardan birini qayta-qayta polga otdim, ko‘rinishidan ikkala olma ham bir xil edi. 

Men polga tashlangan olmani qo‘limga olib, uning naqadar xunukligi – qiyshiqligi, rangining sovuqligi haqida gapira boshladim. Keyin bolalardan menga qo‘shilib, olmani yomonlashni so‘radim. Uni har nima deb haqorat qildik: «Sassiq olma», «Seni kim ham yegisi kelardi» va h.k.  Batafsil

0
1 2 3 4