Ingliz tili 5 (tajriba-sinov uchun)

2017 yilni kirib kelganiga ko’p vaqt bo’lmadi. Lekin ingliz tili darsligi ijodkorlari yilni boshidanoq bizni yangi darslik bilan hayratda qoldirishdi. Marxamat, tajriba – sinov uchun mo’ljallangan Fly high 5, Deutch 5, Je parle Francais darliklarini ko’chirib olishingiz mumkin. Umumta’lim maktablarining 5 – sinf o’quvchilari uchun mo’ljallangan mazkur darsliklar multimedia fayllari bilan boyitilgan.

Batafsil

2+

14 – Yanvar – «Vatan himoyachilari kuni»

Vatan – or timsoli, Vatan – nomus, shon,

Nomus bilan aziz sanalgay inson.

Sen oringga qo‘rg‘on, or – senga qo‘rg‘on,

Oringni – boringni asra hamisha!

Orif Tolibning mazkur to’rtliklarini keltirgan holda bugungi kun – «Vatan himoyachilari kuni» bilan barchangizni tabriklamoqchiman. Yaratgan egamizdan so’raymanki, vatanimizni tinch qilsin. Baxtimizga yurtimiz o’g’lonlari sog’ va mard bo’lishsin. Ularning sharafli ishlarida hech qachon charchamasliklarini va doim vatan himoyasiga shay bo’lishlarini so’rab qolaman. Bayram muborak azizlar!

1+

90 yoshlik fidoyi o’qituvchi

1483946065_hramov-valeriy-01Rossiyaning Yekaterenburg viloyatida joylashgan 168 – maktabga 1 – sentabr kuni kelgan o’quvchilar o’zlarining maktablarini taniy olmadilar. Sababi, maktablari haqiqiy rasmlar galereyasiga aylangandi. Mazkur o’zgarishlar sababchisi – qorovul Valeriy Hramovdir.

Mazkur maktabda Valeriy Hramov chorak asrdan beri ishlab keladi. Maktabdagi faoliyatini o’qituvchi rassom sifatida boshladi va nafaqaga chiqish yoshi kelganida shu maktabda qorovul bo’lib qoldi. 90 yoshlik Hramovning zahmatli mehnati orqali u ishlaydigan maktab hozirgi kunda ertaklar olamiga aylangan. Mana sizga fidoiylik.
Batafsil

5+

Onani hurmat qilish kerakligi o’rgatildi

Buni qarang, Indoneziyada maktab o’quvchilariga onani hurmat qilish kerakligi o’rgatildi. Bu haqida kamina bilgandan so’ng juda ta’sirlandim. Aziz o’quvchim, siz ham onangizga shuncha hurmat ko’rsata olasizmi? Qiblagohingiz hisoblangan onajoningizni shuncha e’zozlay olasizmi?

Rosti, o’qituvchi sifatida men bunday holatni bizning o’quvchilarimizga ham qo’llasak juda ibratli ish bo’lishi haqida o’ylab qoldim. Keling, bu o’quvchilardan ibrat olaylik.

 

4+

«Yangi Avlod» jurnalida mening maqolalalarim chop etildi

bosh-sahifaKaminaning maqolalari boshqa ruznomada ham chop etilgan edi. Lekin «Yangi Avlod» Axloqiy- ta’limiy, ilmiy metodik jurnali yurtimiz bo’ylab ommalashgan jurnallardan biri. Bunday oylik nashrda kaminaning 2 ta maqolasi chop etildi. Ular «Olti jumla sehri» va «So’z yodlash qiyin emas» maqolalaridir. Mazkur jurnal ijodkorlariga o’zimning chuqur minnatdorchiligimni bildiraman va ishlarida muvaffaqiyatlar tilayman.

Quyida maqolalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin: Batafsil

5+
1 2 3 12